🔴 Kardinale «Milan» — «Benfika» uchrashuvini o'tkazib yuboradi
Bugun «rossonerilar» «San-Siro»da yevrokuboklar mavsumini boshlashadi.
Ammo Jyerri Kardinale bu mavsumda ilk bor o'yinda ishtirok etmaydi.
Shu paytgacha klub egasi barcha o'yinlarda hozir bo'lgan edi:
✅ «Torino»
✅ «Venetsiya»
✅ «Yuventus»
✅ «Latsio»
Kardinale yakshanba kuni «Lechche»ga qarshi o'yinda qaytishi kutilmoqda.
Uning «San-Siro»dagi o'rnini esa 👀 Zlatan Ibragimovich egallashi mumkin.
Ibra dushanba kuni uzoq tanaffusdan so'ng «Milanello»ga qaytdi — endi u mavsumdagi ilk o'yiniga tashrif buyurishi mumkin.
🏟️ «Benfika» bilan bahsda taxminan 60–65 ming tomoshabin kutilmoqda.
Bugun Ibrani «San-Siro»da ko'ramizmi? 🔴⚫
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!