Kabo-Verde terma jamoasining Lionel Messining terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani munosabati bilan yo’llagan xabari:
Alvido afsona! 💔
Bundan 2 kun oldin Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi va jahon futboli tarixidagi eng ta’sirli hikoyalardan biriga yakun yasadi.
Messi shunchaki futbol tarixidagi eng yaxshi o’yinchilardan biri emas edi; u maydonda uni ko’rib, futbolchi bo’lishni orzu qilgan butun bir avlod va millionlab bolalarning ilhom manbai bo’ldi.
Qahramon, sardor, daho va unutilmas afsona; Messi, futbolga bergan barcha narsalaring uchun senga minnatdorchilik bildiramiz.
Kabo-Verde xalqi sifatida bizda ham senga alohida minnatdorchilik bor; chunki sen terma jamoamiz tarixidagi eng muhim o’yinlardan birining, yani 2026 yilgi Jahon chempionatidagi Argentina va Kabo-Verde o’rtasidagi unutilmas to’qnashuvning bir qismi eding.
Bu lahza Kabo-Verde xotirasida abadiy qoladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!