Kardinale «Milan» tarkibini kuchaytirish uchun katta mablag' ajratishga tayyor
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Kardinale «Milan» tarkibini kuchaytirish uchun katta mablag' ajratishga tayyor

Kardinale «Milan» tarkibini kuchaytirish uchun katta mablag' ajratishga tayyor!

Qishda «rossoneri» tarkibni jiddiy yangilashi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Ruben Amorimning asosiy ustuvor vazifalari — markaziy himoyachi va hujumchi.

🛡️ Himoyadagi vaziyat Tomori va Gabbiadagi jarohatlar sabab murakkablashgan. Nomzodlardan biri «Sporting» vakili Gonsalu Inasiu bo'lib qolmoqda, yozda uning uchun 40 million yevro so'rashgandi.

⚽ Hujum chizig'ida Kardinalening e'tiborini «Bryugge» futbolchisi Nikolo Tresoldi tortdi. Hujumchi Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va eng qizig'i, u bolaligidan «Milan» muxlisi. Yozda belgiyaliklar uni 50 million yevroga baholashgandi.

Kardinalening o'zi klub transfer bozorida faol ishlashda davom etishini va jamoani to'liq shakllantirish uchun ehtimol yana ikki darcha kerak bo'lishini ma'lum qildi.

Shuningdek, yangi qanot futbolchisini xarid qilish va Lorentso Torriani muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni ijaraga berish varianti ham istisno qilinmayapti.

💰 Ko'rinishidan, qishda zerikarli bo'lmaydi! Inasiu yoki Tresoldi — siz «Milan» uchun kimni tanlagan bo'lardingiz?

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!