Kertis Jons «Liverpul» bilan xayrlashdi
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 24

Kertis Jons «Liverpul» bilan xayrlashdi

Kertis Jons «Liverpul» va muxlislar bilan xayrlashmoqda:

16 yildan so'ng xayrlashish vaqti keldi. Men bu yerga «Liverpul» safida o'ynashni orzu qilgan bola bo'lib kelgandim va orzuyim ushalganidan omadli ekanman.
Bu klub — mening borlig'im. Men bu yerga bola bo'lib kelib, erkak bo'lib, o'z oilam bilan ketyapman. Hayotimning qanchalik katta qismi shu yerda o'tganini tushunishga bu biroz yordam beradi.
Bu vaqt ichida maydonda ham, maydon tashqarisida ham ko'p narsa bo'ldi. Men debyut qildim, sovrinlar yutdim, hech qachon unutmaydigan xotiralar yaratdik. Va men ota bo'ldim.
Qizimning «Liverpul» o'yinchisi bo'lganimda dunyoga kelishi hayotimning bu sahifasini yanada o'zgacha qiladi. Endi bu klub nafaqat mening hayotimning, balki oilam tarixining ham bir qismi.
Akademiyadagi menga ishongan va kim bo'lib yetishishimga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Klubda meni bolaligimdan biladigan insonlar bor — ular ko'z o'ngimda qanday o'sganimni ko'rishgan.
Men qo'l ostida o'ynagan har bir murabbiyga menga ishongani, imkoniyat bergani va meni yaxshiroq qilgani uchun rahmat.
Va muxlislar ko'rmaydigan barchaga — fizioterapevtlar, shifokorlar, ekipirovka bo'yicha mutaxassislar, oshpazlar, tahlilchilar, qo'riqchilar, media jamoasi, agronomlar va bu joyni shunday qiladigan qolgan barchaga katta rahmat.
Bu yillar davomida kiyinish xonasini baham ko'rgan barcha yigitlarga — sizlarga rahmat. Men ajoyib futbolchilar bilan o'ynadim, umrbod qoladigan do'stlar orttirdim.
Har doim yonimda bo'lgan va meni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Men doimo sizlardan biri bo'lib qolaman.
Hayotim va oilam uchun yangi chaqiriq hamda yangi bob vaqti keldi, kelajak nimalar olib kelishini intiqlik bilan kutyapman. Ammo «Liverpul» doimo mening katta qismim bo'lib qoladi. Men katta orzu bilan kelgan bola edim va uni amalga oshirganimni bilib ketyapman.
Shunday ekan, butun qalbim bilan, shu 16 yil davomida qandaydir rol o'ynagan barchaga rahmat. Rahmat. Men buni hech qachon unutmayman.
YNWA.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!