Kevin De Bryuyne o'zini tuta bilmagani uchun jazolandi.
Millatlar ligasi doirasida fransuzlarga qarshi kechgan mag'lubiyatli o'yinda belgiyalik faxriy futbolchi bosh hakamga nisbatan bildirgan e'tirozi uchun ogohlantirish oldi.
O'yin vaqtida De Bryuyne jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Shundan so'ng, hakam Rade Obrenovich yarim himoyachidan bir daqiqa maydon tashqarisida qolishni talab qildi.
Kevin o'zini tuta olmadi va Het Laatste Nieuws gazetasi ekspertlari uning lab harakatlariga qarab aniqlashicha, Obrenovichga ingliz tilida «Yo'qol, odam!» mazmunidagi gapni aytgan. Sariq kartochka ko'rsatildi, keyin esa asabiylashgan futbolchi xavfning oldini olish maqsadida almashtirildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!