📰 AS xabariga ko'ra, Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida olgan tizza jarohatidan so'ng operatsiyadan mo'jiza tufayli qutulib qoldi.
Tibbiy ko'riklar shuni ko'rsatdiki, agar hujumchi Turkiya terma jamoasiga qarshi o'yinda og'riq bilan o'ynashda davom etganida, u butun mavsumini xavf ostiga qo'yadigan jiddiy jarohat olishi mumkin edi.
"Madrid"da so'nggi daqiqagacha Mbappega operatsiya kerak bo'lishidan xavotirda edilar. Shu bois Mourinyu uni "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (10.10, 22:00 msk) dam oldirish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Fransiyalik futbolchining "qaymoqranglilar" tarkibidagi o'rnini bo'lajak bahsda Espi yoki Bellingem egallashi mumkin. Agar britaniyalik futbolchi o'yinni "soxta to'qqizlik" pozitsiyasida boshlasa, "o'nlik"da Gyuler, o'ng qanot hujumida esa Diomande harakat qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!