Kilian Mbappe: "Meni mukammal deb hisoblaydiganlar futbol ko'rishmaydi"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Kilian Mbappe: "Meni mukammal deb hisoblaydiganlar futbol ko'rishmaydi"

Mbappe: "Xafa bo'lmang-u, lekin meni mukammal deb hisoblaydiganlar futbol ko'rishmaydi. O'ylaymanki, men allaqachon ko'p marta xatolarga yo'l qo'yishga qodir ekanligimni isbotlaganman. Va bu menga ma'qul. Qolaversa, menimcha, bunda ham qandaydir yaxshi narsa bor.

O'ylaymanki, odamni televizor orqali kuzatib, uni haqiqatan ham tanib bo'lmaydi. Odamlarning o'z fikriga ega bo'lishini taqiqlay olmaysiz, hatto ba'zida bu fikr noto'g'ri bo'lsa ham. Lekin hayot shunaqa.

Men o'zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb ataganimda, buni ham haqiqatan ham shunday deb hisoblaganim uchun, ham bu menga qo'shimcha motivatsiya bergani uchun qilaman. Maydonga kimdir sendan yaxshiroq o'ynay oladi degan o'y bilan chiqa olmaysan. Shunda sen o'zing uchun chegara o'rnatib, to'siq qo'ygan bo'lasan.

Men doimo o'zimdan ustun kelishga harakat qilaman va o'zimga shunday deyman: agar kimdir bunga qodir bo'lsa, u holda bu menman".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!