Kilian Mbappe "Onze d'Or" mukofoti va o'zining futbol sirlari haqida
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Matbuot 👁 28

Kilian Mbappe "Onze d'Or" mukofoti va o'zining futbol sirlari haqida

🎙🐢 Kilian Mbappening Onze Mondial nashriga mukofotni qo'lga kiritgandan so'ng bergan intervyusi:

— Professional debyutidan buyon o'z faoliyati haqida:

Men boshdan kechirayotgan narsalarimni hech qachon oddiy hol deb qabul qilmaganman va hammasini doimo maksimal darajada yashaganman.

— O'z ustida ishlash haqida:

Men doimo nimani yaxshilashim mumkinligi, nimalarni yaxshi bajarayotganim va nimani tuzatishim kerakligi haqida o'ylayman. Men o'yinni, mavsum va uchrashuvning muhim pallalarini yaxshiroq tushunishni istayman. Ijodkorlik va instinktni yo'qotmagan holda, qilayotgan ishlarimni ko'proq nazorat qilishni xohlayman.

— O'z siri haqida:

Kilian haqida millionlab sirlar bor! Ammo sirning ma'nosi shundaki, uni oshkor qilmaslik kerak, to'g'rimi? (Kuladi)

Futbol siri haqida gapiradigan bo'lsam... Menda juda yomon odat bor, bu noto'g'ri, lekin men baribir shunday qilaman: men butsalarni ichki tagliksiz (stelka) kiyaman.

Shuning uchun barcha bolalarga aytaman: tagliklarni olib tashlamang! Ularni joyida qoldiring! Men bolaligimda bu xatoga yo'l qo'yganman va o'shandan beri tagliksiz o'ynayman.

Hatto hozir ham, eng yaxshi butsalarga ega bo'lsam va tagliklardan foydalanmaslik uchun hech qanday sabab bo'lmasa ham, bu shunchaki Bondi davridan qolgan eski refleks: men ularni hatto maxsus buyurtma asosida tayyorlangan butsalardan ham olib tashlayman! (kuladi).

— Zidan, Krishtianu va Maradonadan keyin "Onze d'Or"ni qo'lga kiritish haqida:

Ular buyuk futbolchilar. Ular o'z davrida iz qoldirishgan, qayerda bo'lishmasin, doimo taassurot qoldirishgan. Tabiiyki, bunday darajadagi futbolchilar qatoriga qo'shilish har doim yoqimli.

— Muxlislar ovoz berishi sovrin ahamiyatini oshirishi haqida:

Albatta, chunki muxlislar zamonaviy futbolda muhim rol o'ynaydi. Menimcha, biz qisman muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaymiz. Shuning uchun, boshqalardan ko'ra ko'proq zavq bera olganingni bilish har doim yoqimli.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!