Kilian Mbappe va Vinisius Junior tanqid ostida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Kilian Mbappe va Vinisius Junior tanqid ostida

📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Mbappe ko'zguga qaraydi, "Madrid" libosidagi o'ninchi raqamni ko'radi va o'zini Benzema deb o'ylaydi. Shundan so'ng Mbappe to'p bilan o'ylamasdan muomalada bo'ladi, jamoa balansini buzadigan vaziyatlarda to'pni yo'qotadi va jarima maydonchasini bo'shatib qo'yadi.

Kilianning Benzema bilan umumiy bo'lgan yagona narsasi — bu fransuz fuqaroligi. Mbappe to'pga qanchalik kam tegsa, jamoa uchun shunchalik yaxshi".

📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Bernabeu"dagi muxlislar noroziliklarini bildirishdan tortinmay qo'yishdi. Ishqibozlar hozirgi bosqichda Vinisius va Mbappe bog'lamasi jamoaga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltirayotganini tushunishmoqda va har bir qo'pol xatodan so'ng ikkalasini ham hushtakbozlik bilan kutib olishmoqda".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!