Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi
MilanAC ↗ ●●●●● Transfer 👁 32

Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Braziliya klubi 50 yoshli niderlandiyalik mutaxassis tayinlanganini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Shartnoma 2027-yilning oxirigacha mo'ljallangan.

Zeedorf qator muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng iste'foga chiqarilgan Fernando Dinizning o'rnini egalladi. Niderlandiyalik murabbiy tayinlangunga qadar bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Villiam Batista bajarib turgandi.

Avvalroq Zeedorf «Milan», Xitoyning «Shenchjen», «Deportivo» hamda Kamerun terma jamoasini boshqargan. Uning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi jamoasi Kamerun terma jamoasi bo'lib, u yerni 2019-yilda tark etgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!