#Klarens Zeedorf — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Klarens Zeedorf «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi beshligini tuzdi

Klarens Zeedorf «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi beshligini tuzdi

Afsonaviy Klarens Zeedorf o'zi qarshi o'ynagan futbolchilar orasidan «Manchester Yunayted»ning ideal beshligini tuzdi.

Klarens Zeedorf o'zi qarshi o'ynagan futbolchilar orasidan «Manchester Yunayted»ning ideal beshligini tuzib chiqdi:

Van der Sar, Ferdinand, Evra, Skoulz va Runi.
Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Klarens Zeedorf Braziliyaning «Korintians» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2027-yilga qadar mo'ljallangan.

Klarens Zeedorf «Korintians» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Braziliya klubi 50 yoshli niderlandiyalik mutaxassis tayinlanganini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Shartnoma 2027-yilning oxirigacha mo'ljallangan.

Zeedorf qator muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng iste'foga chiqarilgan Fernando Dinizning o'rnini egalladi. Niderlandiyalik murabbiy tayinlangunga qadar bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Villiam Batista bajarib turgandi.

Avvalroq Zeedorf «Milan», Xitoyning «Shenchjen», «Deportivo» hamda Kamerun terma jamoasini boshqargan. Uning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi jamoasi Kamerun terma jamoasi bo'lib, u yerni 2019-yilda tark etgan.

O'ng ustun yangiliklari

Klarens Zeedorf «Milan»dagi faoliyati haqida gapirdi

Klarens Zeedorf «Milan»dagi faoliyati haqida gapirdi

Klarens Zeedorf «Milan»dagi murabbiylik faoliyati va Silvio Berluskoni bilan bo'lgan hamkorligi haqida fikr bildirdi.

Klarens Zeedorf o'zining «Milan» boshqaruvidagi qisqa davrini esladi!

«Korintians»ning yangi murabbiyi Silvio Berluskoni unga qanday kutilmaganda taklif bilan chiqqanini aytib berdi: kecha u «Botafogo»da o'ynayotgan bo'lsa, ertasi kuni allaqachon «rossoneri»ni boshqarayotgan edi.

«Men ishlagan davrda “Milan” to'plangan ochkolar bo'yicha A Seriyaning uchinchi jamoasi edi. Biz oxirgi o'rindan yettinchi o'ringa ko'tarildik va yevrokuboklarga chiqishimiz uchun bir pog'ona yetishmadi».

Shu bilan birga, Zeedorf bu natijalar o'zini buyuk murabbiy deb hisoblash uchun yetarli emasligini tan oldi: u har doim jamoalarga mavsum o'rtasida kelgan va o'z g'oyalarini to'liq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmagan.

🤔 Sizningcha, Zeedorf «Milan» bosh murabbiyi lavozimida ko'proq vaqt ishlashga loyiqmidi?