SoccerNews.nl jurnalisti Munir Bualin xabariga ko'ra, «Manchester Siti» Kodi Gakpo uchun transfer poygasiga qo'shildi. Shuningdek, «Tottenxem» «Liverpul»ga futbolchi uchun 60 million funt sterling taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. «Shporlar» yangi taklif tayyorlamoqda va mersisaydliklar fikrini o'zgartirishiga umid qilmoqda.
Fabrisio Romano tasdiqlashicha: «Liverpul» Gakponi faqat yaqin 8 kun ichida ikkita vinger sotib olgan taqdirdagina qo'yib yuborishga tayyor. Ustuvor maqsad — Bredli Barkola.
«Tottenxem» iyul oyidayoq Gakpo bilan shaxsiy shartlar bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan, «Manchester Siti» esa hozirda uning agentlari bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!