Kolo Muani: «G'alaba bizga ishonch bag'ishladi»
Черным по белому ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Kolo Muani: «G'alaba bizga ishonch bag'ishladi»

Kolo Muani:

«Biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik. O'z o'yinimdan faxrlanaman va vaziyatlarimiz bo'lgan deb hisoblayman. Gol urganimdan xursandman: biz uch ochkoni qo'lga kiritdik va endi navbatdagi o'yin haqida o'ylayapmiz.

Tanqidlar — futbolning bir qismi. Men hujumchiman va bugungidek gol urishim kerak. Endi dam olish kunlari bo'lib o'tadigan A Seriya o'yinida ham shu ruhda davom etishimiz lozim.

«Napoli» ustidan qozonilgan g'alaba bizga ishonch bag'ishladi. Inqiroz yoqasida edik, bugun esa yana uch ochko jamg'ardik.

Murabbiyning sen bilan ishlashi va jamoani, shu jumladan qiyin pallalarda ham qo'llab-quvvatlashi doim yoqimli. Spallettining tanqidlari har doim konstruktiv: u buni biz uchun, «Yuve» manfaati yo'lida borimizni berishimiz uchun qiladi.

Maydonda ekanman, pozitsiyaning ahamiyati yo'q. Men har doim jamoadoshlarim va klub uchun bor kuchim bilan harakat qilishni istayman».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!