Koni De Vinter «Milan»ning Yevropa ligasi doirasidagi «Ferensvarosh»ga qarshi o'yini oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumga qaraganda o'zida ko'proq ishonch his qilayotgani va muhimroq rol o'ynayotganini tan oldi. Shuningdek, u otalik haqida gapirib, buni «haqiqatan ham ajoyib narsa» deb atadi.
Pavlovich bilan hamkorlik haqida De Vinter iliq fikrlar bildirdi:
U kuchli futbolchi va biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz.
«Milan»ning sobiq himoyachilaridan kimni o'zi uchun namuna deb bilishi haqidagi savolga Koni Tiago Silvani aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, u braziliyalik futbolchining faoliyatini diqqat bilan kuzatib borgan.
Shuningdek, himoyachi Diavarani maqtadi, uning mehnatsevarligini va berilgan imkoniyatdan yuz foiz foydalanganini ta'kidladi.
Siz De Vinter va Pavlovich bog'lamasini «Milan» markaziy himoyasida doimiy ravishda ko'rishni istarmidingiz? 🔴⚫
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!