Todd Bouli – «Chelsi» egasi emas. To'rt yil ichida Bouli Angliyaning eng barqaror futbol brendlaridan birini futbol maydonida emas, buxgalteriyada asosiy tryuklar o'tkaziladigan klubga aylantirdi.
Ikkinchi qism. Buxgalteriya alximiyasi yoki «so'nggi qahramon»
● Moliyaviy qoidalarga moslashish uchun klub o'yinchilar bilan g'ayritabiiy darajada uzoq muddatli – sakkiz-to'qqiz yillik shartnomalar imzoladi (ligadagi o'rtacha ko'rsatkich uch-to'rt yil). Bu transfer summasini shartnoma muddati davomida amortizatsiya orqali hisobotlarda taqsimlashga imkon berdi.
● Masalan, yarim himoyachi Entso Fernandes 2023-yil yanvarida «Benfika»dan 106,8 million funtga sotib olingan va 2032-yilgacha shartnoma imzolangan. Bunda yillik xarajatlarda transfer atigi 11,2 million funtni tashkil etdi (106,8 million / 9,5 yillik shartnoma).
● UEFA tezda chora ko'rdi va 2023-yil yozida bo'shliqni yopdi («Bouli tuzatishi»), yangi bitimlar uchun amortizatsiyani besh yil bilan chekladi. Yana yarim yildan so'ng APL ham bunga ergashdi. Ammo avval tuzilgan shartnomalar qayta ko'rib chiqilmadi.
● «Chelsi»da xaridlar va virtual bo'lib to'lashga shunchalik berilib ketishdiki, klubning haddan tashqari kengaygan tarkibi turg'un memga aylandi.
● Masalan, 2024-yil yozida birinchi jamoaning 42 nafar o'yinchisi shartnomalarining umumiy davomiyligi 191 yilga yetdi (bu ko'rsatkich bo'yicha keyingi o'rinda turgan «Tottenxem»da – 97 yil). Yana bir grotesk: birinchi jamoada bir vaqtning o'zida to'qqiz nafar darvozabon ro'yxatdan o'tgan edi.
● Shu bilan birga, klubda bu yutuq sifatida taqdim etildi: ko'plab yosh o'yinchilar, uzoq muddatli shartnomalar, maoshlar ligadagi o'rtacha ko'rsatkichdan past.
● Bunday portfelning nojo'ya ta'sirlari nafaqat moliyaviy bo'lib chiqdi.
«Biz hatto kiyinish xonasini kengaytirishga majbur bo'ldik, chunki u barcha o'yinchilarni sig'dira olmasdi», – deb shikoyat qilgandi 2023-yil aprelida himoyachi Tiago Silva.
● 2025-yil avgustida 2023-yil avgustida «Monako»dan 38,5 million funtga sotib olingan himoyachi Aksel Disasi Instagram’da «sotuvga qo'yilgan» o'yinchilar uchun kiyinish xonasi/yordamchi xona suratini joyladi.
«Bu yerto'la edi, – deb eslaydi Disasi keyinchalik Canal+ Sport’ga bergan intervyusida, – Avvaliga u yerda ko'pchilik edik: Sterling, Ugochukvu, Joau Feliks, Renatu Veyga, Chiluell… Ammo har hafta kimdir «So'nggi qahramon» ko'rsatuvidagidek ketib qolardi».
● Maishiy qiyinchiliklarga chidash mumkin edi, ammo klub kelajakni xavf ostiga qo'ydi: transfer to'lovlarini shartnoma muddatiga yoyish – mayli, lekin bunday to'lovlar qor to'pi kabi o'sib borganda, sxema mualliflariga savollar tug'iladi. Transferlar moliyaviy piramidaga aylanib ketmasligi uchun foydali sotish kerak. Bu esa sotib olishdan qiyinroq. Ham futbol, ham buxgalteriya sabablariga ko'ra.
● Transfer orqali chiqishda buxgalteriya daromadi amortizatsiya qilinmagan qoldiqqa (ya'ni, virtual tarzda hali to'lanmagan sotib olish summasiga) kamayadi. Masalan, Fernandes «Siti»ga sotilganda, «Chelsi» bitim summasidan 67 million funt qoldiqni (shartnomaning qolgan olti yili uchun) ayirib tashlashi shart edi. Shu tariqa, bu transfer hisobotni unchalik ham yaxshilamadi.
● Transfer shogogolizmining oqibatlarini yashirish uchun «Chelsi» yana bir buxgalteriya tryukidan foydalandi – tarbiyalanuvchilarni sotish. Agar o'yinchi sotib olinmay, o'zimizda tarbiyalangan bo'lsa, uni sotishdan tushgan summani hech qanday shartlarsiz daromadga to'liq kiritish mumkin. Turli baholarga ko'ra, 2022-yildan buyon klub akademiya tarbiyalanuvchilarini sotishdan 250 milliondan 320 million funtgacha daromad ko'rgan, bunga Konor Gallaxerning «Atletiko»ga 34 millionga noaniq sotuvi ham kiradi.
«Chelsi»ning yuragi qolmadi, uni sug'urib olishdi, – deb keskin fikr bildirdi Gallaxerning transferi haqida «Tottenxem» sobiq o'yinchisi Jeymi O'Xara. – Klubga kelib, Bouli futbolchilarga bir milliard funt sarflab, jiddiy da'vo qilmoqchi bo'ldi, lekin u «Chelsi»ning yuragi – bu akademiya ekanligini unutdi».
Katta ehtimol bilan, Todd shunchaki bunday hissiyotlar bilan fikrlamaydi.