Kecha tunda Tiago Silva «Fluminense» bilan birgalikda Libertadores kubogidan chiqib ketdi 💔
Yarim finalda «Palmeyras»ga qarshi bahs olib borishdi – birinchi o'yinda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi, ikkinchisida esa 1:0 hisobida g'alaba qozonib, penaltilar seriyasiga yo'l olishdi.
Tiago birinchi bo'lib zarba berish uchun bordi va gol urdi. Ammo «Palmeyras» umuman xatoga yo'l qo'ymadi, «Flu»ning to'rtinchi zarbasini esa darvozabon qaytardi. 3:5.
Yil oxirida 42 yoshli Silvaning shartnomasi yakunlanadi. Hozircha u faoliyatini davom ettiradimi yoki bu yakunmi, noma'lum. Tiago Libertadores kubogini qo'lga kirita olmadi. Balki, orzusi uchun yana bir bor urinib ko'rar? To'g'ri, braziliyalik futbolchining o'zi bu turnirdagi so'nggi o'yini bo'lgani ehtimoli yuqoriligini aytib o'tdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!