Jeremi Menez «Milan»dagi davri haqida ochiqchasiga gapirib berdi.
Fransiyalik futbolchi «rossoneri» safida bor-yo'g'i bitta haqiqatan ham yorqin mavsum o'tkazdi, ammo bu muxlislar xotirasida qolish uchun yetarli bo'ldi.
16 ta gol va 4 ta assist debyut mavsumidayoq!
Menez La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida «Milan»ga o'tishida Zlatan Ibragimovich va Tiago Silva yordam berganini, ular Adriano Gallianini fransiyalik futbolchini sotib olishga faol ko'ndirishganini aytdi.
Ammo keyin belidagi muammolar boshlandi.
«Milan»dagi faoliyatining yakuni esa Vinchentso Montella bilan yuzaga kelgan mojaro bilan bog'liq bo'lib chiqdi.
Menezning o'zi buni tan oladi:
«Mening xarakterim doimo to'siq bo'lib kelgan. Faoliyatimda bundan ham ko'proq narsaga erishishim mumkin edi».
Shuningdek, fransiyalik futbolchi Amorim boshqaruvidagi hozirgi «Milan»ga ham baho berdi.
«Ularning kamchiligi — fantaziyaning yetishmasligi. Kreativ futbolchilar kamayib ketdi. Shu bois men Yamal va Niko Pasning o'yiniga qoyil qolaman».
Siz Jeremi Menezni «Milan»da qanday eslaysiz?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!