Napoli va Katanzaro klublari Kostantino Favazulini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Transfer bozori eksperti Nikolo Skira xabariga ko'ra, ijara summasi 1 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, kelgusi yilning fevral oyidan kechiktirmay amalga oshiriladigan majburiy sotib olish sharti ham mavjud. Sotib olish summasi 6 million yevro etib belgilangan.
Favazulining agenti Mario Juffredi kechadan beri Kastel-di-Sangroda bo'lib turibdi. Futbolchining Napoli bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan va yana uch yilga uzaytirish imkoniyati mavjud shartnomasi tayyorlanmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!