"Kristal Pelas" Sungutu Magassani o'z safiga qo'shib olish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
"Burgutlar" potentsial kelishuv shartlarini aniqlashtirish uchun "Vest Xem Yunayted" bilan bir muddatdan buyon muzokara olib bormoqda. 🗣️
Endilikda klub transferni tezroq yakunlamoqchi. ⚡️
Frantsiyalik futbolchining o'zi ham o'tishga qiziqish bildirmoqda. 🤝
Fabris Xokins (RMCSport) xabariga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda, ammo "ko'k-qizillar" futbolchini qo'lga kiritishni istayotgan yagona klub emas. 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!