Kristian Kivu: «Biz klub tarixida muhim sahifalarni yozishga majburmiz. So'nggi yillarda klub nomi, uning standartlari singari cho'qqiga ko'tarildi, deb ayta olaman. Mening bu stadiondagi his-tuyg'ularim? «Bernabeu»ni yangilashdi va u yanada chiroyliroq bo'lib qoldi, ammo u an'analar va tarix nuqtai nazaridan avval ham go'zal edi. Biz barchamiz ushbu stadionda Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazish imkoniyatidan xursandmiz. Men uchun Joze — men tanishish baxtiga muyassar bo'lgan alohida inson, u hayotimdagi qiyin davrda menga ulkan yordam bergan, buni hech qachon unutmayman. Men u bilan juda ko'p go'zal lahzalarni baham ko'rganman.
Biz bu yerda o'ynash barcha uchun oson emasligini bilamiz: «Inter» bu yerda 60 yildan buyon g'alaba qozonmagan. Tarixan ko'plab jamoalar bu yerda qiyinchiliklarga duch kelishgan. Biz o'zligimizni yo'qotishni istamaymiz hamda raqobatbardosh bo'lish va ustunlikka intilish uchun jasorat va xarakterga ega bo'lishni xohlaymiz. O'yin rejasidan qat'i nazar, o'yin taqdirini o'zgartira oladigan futbolchilarga ega «Real»ga qarshi turishning mukammal usuli yo'q».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!