🚨 Kristian Romeroning otasi himoyachining "Tottenxem" bilan shartnomasida tovon puli ko'rsatilganini ma'lum qildi. 🤨
"Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi yakunlanishiga yana ikki yil bor va tovon puli miqdori juda yuqori. Angliya klubi uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Gap taxminan 37,8 million funtdan 53 million funtgacha bo'lgan summa haqida bormoqda. O'ylaymanki, "Tottenxem" uning transferiga sarflagan pulini kamida qaytarib olishni istaydi", - deydi futbolchining otasi.
📰 talkSPORT xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!