Kristof Froynd Maykl Olisening kelajagi va yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlangan-boshlanmagani haqida fikr bildirdi:
Maykl jamoamizda ajoyib tarzda rivojlanmoqda va hozirda dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri hisoblanadi. U biz uchun o'ynayotganidan juda xursandmiz. Uning shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan, shuning uchun hech qanday bosim yo'q. U «Bavariya»da o'zini juda qulay his qilmoqda va biz u bilan doimiy aloqadamiz. Aytganimdek, shoshilishimizga hech qanday asos yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!