Kuti Romero:
Madrid derbisi? Men muxlislar va klubdagi barcha uchun bu muhim o'yin, balki mavsumdagi eng muhim o'yin ekanligini bilaman.
Men "Real" futbolchilarining yuqori saviyasi tufayli bu juda qiyin o'yin bo'lishini bilaman, ammo bundan tashqari, doimo o'zimiz yaxshi uddalayotgan narsalarga va nimani yaxshilashimiz kerakligiga e'tibor qaratishga harakat qilish kerak.
Shuningdek, o'z uyimizda o'ynash doimo qo'shimcha kuch beradi deb o'ylayman, shuning uchun umid qilamanki, biz buni uch ochkoni qo'lga kiritib, uyda saqlab qolish uchun ishlata olamiz.
Ularda Vinisius, Mbappe va Bellingem kabi ajoyib futbolchilar bor. Bular "Real"dagi eng muhim uchta hujumkor futbolchi.
Bular shunday o'yinchilarki, yakkama-yakka vaziyatlarda omadga bog'liq bo'lmaydi. Butun o'yin davomida hushyor va diqqatni to'liq jamlagan holda qolish kerak. Ularga eng kichik ustunlikni ham bermaslik kerak.
Bular ba'zan o'yinga umuman qo'shilmagandek ko'rinadigan, keyin esa ikki-uch daqiqa ichida to'satdan hamma narsani o'zgartirib yuboradigan o'yinchilar. 2022-yilgi Jahon chempionati finalida Mbappe bilan bo'lganidek: 80 daqiqa davomida biz hamma narsada ustunlik qildik, keyin esa u oxirgi 10 daqiqada paydo bo'lib, hech qayerdan ikkita gol urdi va o'yin borishini butunlay o'zgartirib yubordi.
Ammo ha, o'ylayman-ki, biz yaxshi holatdamiz. Shaxsan men o'zimni yaxshi his qilyapman va yakshanba kunini hamda bu o'yinni intiqlik bilan kutyapman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!