La Liga Primera va Segunda klublari uchun yangi maoshlar limitini e'lon qildi. Hozircha "Sevilya" joyida depsinmoqda, aniqrog'i, ko'rsatkichlari biroz yomonlashdi (22,1 million yevrodan 20,1 million yevrogacha).
Nega bu klubdagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi?
Kelasi yili klub hisoblarida N'anzu, Xordan yoki Mir kabi o'yinchilarning og'ir shartnomalari o'z aksini topmaydi. Shuningdek, klub tez orada yangi titul homiysini topadi, turnir jadvalidagi yaxshi o'rin esa yuqoriroq darajadagi mukofot pullarini kafolatlaydi. Bu mablag'larning barchasi klubni "Sevilya" uchun allaqachon fantastik bo'lmay qolgan 1:1 qoidasiga yaqinlashtirmoqda.
Kelasi mavsumdan boshlab klubning ish haqi bo'yicha xarajatlari yana 22 million yevroga qisqaradi (Del Nido hamon maosh to'lanayotgan o'yinchilar haqida aynan shuni nazarda tutgan edi).
Bundan tashqari, klubning sof qarzi 3 oy ichida 30 foizga, xarajatlari esa 12 oy ichida 50 foizga qisqargani bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaziyat ideal emas, ammo bu klubning faoliyat yuritishiga, 11 nafar futbolchini imzolashiga va ularning barchasini muammosiz ro'yxatdan o'tkazishiga xalaqit bermayapti.
🎙️ Shuningdek, Tebasning o'z izohiga ham e'tibor qaratamiz:
"Bu mavsumda "Sevilya" moliyaviy barqarorlikka erishishga juda yaqin bo'ladi. Klub vaziyatni o'nglash uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda".
"Sevilya"dagi yomon vaziyat klub boshqaruvi bilan bog'liq muammo emas. Bunda Yevropa musobaqalari modeli aybdor".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!