Lautaro Martines: «Real»ga qarshi yuqori saviyada o'ynadik»
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 12

Lautaro Martines: «Real»ga qarshi yuqori saviyada o'ynadik»

Lautaro: «Afsuslanishmi? Xato qilganingda, buning badalini to'laysan. Bugun ikkita xato birdaniga yuz berdi, garchi o'yinni yaxshi boshlab, to'pga egalik qilgan bo'lsak ham. Albatta, hisob 2:0 bo'lganda, qiyinlashadi, ular kuchli. Ammo «Inter» top-jamoaga xos xarakter bilan o'yin o'tkazdi.

«Real» Chempionlar ligasi uchun kurashmoqda. Bu biz uchun ham maqsad, chunki qaysi musobaqada qatnashsang, uni yutish uchun o'ynaysan. Biz barcha imkoniyatlardan foydalana olmadik, ammo boshimizni baland ko'targan holda maydonni tark etyapmiz, biz buyuk raqibga qarshi yuqori saviyadagi o'yinni namoyish etdik. Kurtua — dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri, ammo bunda bizning ham aybimiz bor, hujum yakunlarini yaxshilashimiz kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!