Lids Konrad Harder uchun kurashga qo'shildi
Лидс Карахо ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Lids Konrad Harder uchun kurashga qo'shildi

Tipsbladet nashri jurnalisti Farzam Abolhosseyni xabariga ko'ra, Lids Konrad Harder transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.

21 yoshli markaziy hujumchi RB Leyptsig safida to'p suradi. Daniyalik futbolchi o'tgan mavsumda nemis klubi safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1174 daqiqa harakat qildi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, Lids Harder uchun kurashga qo'shilgan. Leyptsigda allaqachon Latsio tomonidan yuborilgan taklif mavjud bo'lib, Italiya klubi hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Shuningdek, futbolchiga Galatasaroy ham qiziqish bildirmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!