SportsEdTV talqiniga ko'ra, Lionel Messi futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi (GOAT) deb topildi. 🐐
Ushbu reyting 5 ta mezon asosida tuzilgan:
• Ustunlik va rekordlar: O'yinchining o'z davridagi eng yaxshilarga nisbatan va o'z ampulasida ko'rsatgan o'yini hamda ustunligi.
• Barqarorlik: O'yinchining futbolning eng yuqori darajasida bir necha yil davomida harakat qilgani.
• Moslashuvchanlik: Turli pozitsiyalarda o'ynay olish qobiliyati va o'yinlarga ta'sir o'tkaza olishi.
• Sovrinlar: Klub va terma jamoa miqyosida qo'lga kiritilgan kubok va unvonlar.
• Ta'sir kuchi: O'yinchining futbol tarixi, taktikasi, o'ziga xosligi, ommabopligi va madaniyatiga ko'rsatgan ta'siri.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!