Ben Jeykobsning xabar berishicha, Liverpul Bredli Barkola borasidagi vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi va kutish taktikasini qo'llamoqda. Klub PSJ bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi.
Jeykobsning so'zlariga ko'ra, 170 million yevrolik narx endilikda dolzarb bo'lmasligi mumkin, chunki PSJ yangi futbolchilarni tarkibga qo'shib olmoqda. Liverpul bu narx transfer bozoridagi holatni belgilab olish uchun o'ylab topilganini hisoblaydi.
Futbolchining shartnomasi yakunlanishiga ikki yil qolgan va PSJ o'z loyihasiga ishonmaydigan o'yinchilarni tarkibda saqlab qolishni istamaydi.
Liverpul yaqin orada rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda, garchi so'nggi taxminlar buning aksini ko'rsatgan bo'lsa ham.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!