Liverpul, Real va Bavariya Pol Vannerga qiziqish bildirmoqda
YNWA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 14

Liverpul, Real va Bavariya Pol Vannerga qiziqish bildirmoqda

Yaqin kunlarda «Liverpul»ning PSV yarim himoyachisi Vannerga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlar tarqala boshladi, ammo manbalar unchalik ishonchli emasdi.

Bugun bu ma'lumotni yanada ishonchliroq manba Kristian Falk tasdiqladi: avstriyalik futbolchini qo'lga kiritishdan «Real» va «Bavariya» ham manfaatdor. Bitimni murakkablashtiradigan jihati shundaki, «Bavariya»da futbolchini qaytarib sotib olish opsiyasi mavjud (u klub tarbiyalanuvchisi).

Vanner ancha universal futbolchi bo'lib, ham sakkizinchi raqam, ham hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida o'ynay oladi (PSVda tayanch yarim himoyasida ham maydonga tusha boshladi).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!