Lotar Matteus:
Men uchun Harri Keyn — "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar. Men bir o'yin yoki bir jahon chempionatiga emas, butun yilga qarayman. Bir nechta o'yinchi "Barselona" bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, keyin Ispaniya bilan jahon chempioni bo'ldi, lekin u yerda hammadan yaqqol ustun bo'lgan O'SHA o'yinchi bormidi? Lamin Yamal borasida aytishim mumkinki — yo'q.
Lionel Messi "Inter Mayami" bilan MLSda g'olib chiqdi, bu liga Yevropa darajasida emas. U jahon chempionatida sakkizta gol urdi, lekin ikkita penaltidan ham foydalana olmadi. Kilian Mbappe Fransiya bilan jahon chempionati yarim finaliga chiqdi, lekin "Real Madrid" bilan sovrin yutmadi. Xuddi shu narsa angliyalik Jud Bellingemga ham tegishli.
Keyn "Bavariya" bilan ikkita ichki sovrinni qo'lga kiritdi. Uning na jahon chempionati, na Chempionlar ligasi finaliga chiqmagani — yagona kamchilik. Qolgan jihatlarda u ajoyib o'yin ko'rsatdi va menimcha, biror marta ham pasayish kuzatilmadi. U va Rodri — maydonda o'z harakatlari bilan gapiradigan va maydon tashqarisidagi voqealar bilan e'tiborni tortmaydigan futbolchilar.
Men uchun Keyn — "Oltin to'p"ga eng ko'p loyiq bo'lgan o'yinchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!