🗣 Luciano Spalletti:
«Biz raqibga gol urish uchun o'zimiz yordam berdik. Birinchi bo'limda ikkita ajoyib vaziyatimiz bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik.
Bugun biz har jabhada raqibdan ortda qoldik. Nimalar bo'layotganini nihoyat tushunib yetishimiz kerak: jismoniy kurashda raqib bizdan ustun keldi. O'yinchilar yuz foiz kuch bilan o'ynashga tayyormi, buni aniqlab olishimiz zarur. Kurashlar juda kam — bu haqda yil boshidan beri gapirib kelyapmiz va endi bu muammo bilan jiddiy shug'ullanish vaqti keldi. Agar, albatta, ba'zi o'yinchilarda ko'rsatadigan narsa bo'lsa...
«Napoli»ga qarshi o'yinni qanday kutyapman? Hayajon bilan. Bu men juda ko'p narsalar bilan qarzdor bo'lgan shahar va uni sevmaslikning iloji yo'q.
Meni nima xavotirga solyapti? O'yinchilarga futbol bir qadam oldinga siljiganini tushuntirish qiyin bo'lyapti. Endi ochiq maydonda yakkakurashlarda g'alaba qozonish kerak, raqiblar esa doimiy ravishda individual pressingga o'tishmoqda. Hatto mashg'ulotlarda ham biz shunday sharoitlarni taklif qilganimizda, o'yinchilar kerakli darajaga chiqishlari qiyin kechmoqda. Bu meni tashvishga solyapti: har safar jamoa bir qadam oldinga tashlashi kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!