Luciano Spalletti: «O'yin tahlili? Murabbiy uchun o'yinchilarning bunday fidoyiligidan qadrliroq narsa yo'q. Bir muddat chuqur himoyaga o'tishimizga to'g'ri keldi. Ikkinchi bo'limda tengma-teng o'ynadik, ammo raqibni qattiqroq jazolashimiz mumkin edi — buning uchun bo'sh zonalar bor edi. Biroq, hammasi joyida: «Sassuolo»dan uchralgan mag'lubiyat bizga ma'lum qiyinchiliklar tug'dirdi va shubhalarni keltirib chiqardi.
Kolo Muani o'yinidan mamnunmanmi? U haqiqatan ham ajoyib o'yin o'tkazdi. Darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan vaziyatda unga achindim — u gol urishga loyiq edi. Ammo o'yin oxirida u juda xursand edi, biz hazillashdik. Hammamiz xursandmiz, chunki endi nafas rostlab, kuch yig'ib, hozir bizga juda kerak bo'lgan bir-ikki o'yinchini safga qaytara olamiz.
Chelik yanada ishonchliroq bo'lib boryaptimi? Bugun biz uni Bellanova qanotiga chiqarishga qaror qildik. Kolashinatsning maydonga tushishiga umid qilgandik, ammo raqib chap qanot himoyachisini ham faol qo'llayotgandi. Lateral sifatida o'ynaganda, Zeki ishchi oyog'i ostiga markazga siljiganida, o'yinni qarama-qarshi qanotga o'tkazish unga ancha osonroq bo'ladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!