Luiji Kerubini «Benevento»ga o'tishga yaqin
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Luiji Kerubini «Benevento»ga o'tishga yaqin

Il Tempo xabariga ko'ra, Luiji Kerubini «Benevento»ga o'tishga yaqin turibdi. Transfer amalga oshishidan avval futbolchi «Roma» bilan shartnomasini 2029-yilga qadar uzaytiradi.

Shundan so'ng u B seriya vakiliga ijaraga beriladi. Kelishuvda sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan. Agar ma'lum bir jamoaviy va individual shartlar, jumladan, «Benevento»ning A seriyaga chiqishi bajarilsa, bu huquq majburiy xaridga aylanishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!