Luiji Kerubini «Benevento»ga o'tdi
«Roma» hujumkor vingeri Luiji Kerubini «Benevento»ga ijaraga berildi. Klub futbolchining transferini rasman tasdiqladi.
«Roma» Luiji Kerubini transferini e'lon qildi.
Jan Pyero Gasperini qo'l ostida yozgi tayyorgarlik mashg'ulotlarida qatnashgan hujumkor vinger «jallorossilar» safini tark etib, «Benevento»ga ko'chib o'tdi.
Kerubini Kampaniya klubiga ijara asosida o'tdi. So'nggi xabarlarga ko'ra, kelishuv sotib olish huquqi bilan ijara shaklida rasmiylashtirilgan bo'lib, muayyan shartlar bajarilganda bu majburiy xaridga aylanishi mumkin. «Roma» o'z ijtimoiy tarmoqlarida ushbu transferni e'lon qildi, biroq shartlar tafsilotini ochiqlamadi va futbolchiga yangi jamoasida omad tiladi.