Napoli klubi matbuot xizmati Luka Marianuchchining jarohati yuzasidan ma'lumot berdi.
Klub bayonotida futbolchining chap tizzasidagi paylar cho'zilishi va lat yeyish holati aniqlangani aytilgan. Ertaga tibbiy ko'rik o'tkazilishi kutilmoqda, shundan so'ng futbolchi qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, neapolliklar 22-avgust kuni chempionatdagi ishtirokini boshlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!