Fabrisio Romano o'z strimida Lukas Perrining «Torino»ga o'tishi bilan bog'liq transfer jarayoni to'xtab qolganini ma'lum qildi.
Kelishuv turinliklar klubi egasi Urbano Kayroning shaxsiy qarori bilan pauzaga qo'yilgan.
«Granatranglilar» ushbu transferni tezroq yakunlashni rejalashtirishgan edi, ammo «Marsel»ning paydo bo'lishi italyanlarning barcha rejalarini o'zgartirib yubordi.
Ayni damda Lukas Perrining agenti Turinda ekani va u «buqalar»ning o'z mijoziga bo'lgan ishonchini qayta tiklashga urinayotgani xabar qilinmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!