Maksans Lakrua: «Chelsi» safidagi ilk o'yinim a'lo darajada o'tdi»
Гордость Лондона ↗ ●●●●● Matbuot 👁 19

Maksans Lakrua: «Chelsi» safidagi ilk o'yinim a'lo darajada o'tdi»

🎙️ Maksans Lakrua:

«Menga ilk o'yinim juda yoqdi. «Chelsi» libosini kiyib, muxlislar qarshisida to'p surish ajoyib bo'ldi. Bu ajoyib lahza edi, qolaversa, g'alaba qozondik — men uchun hammasi mukammal o'tdi».
«O'ylaymanki, barcha dushanba kunini intizorlik bilan kutmoqda. Oldinda bizni katta mavsum kutib turibdi va u bir necha kundan so'ng boshlanadi».
«Albatta, men London derbilari va «Fulxem» haqida hamma narsani bilaman. «Kristal Pelas»da o'ynagan paytlarimdan ularni yaxshi taniyman, lekin endi hammasi butunlay boshqacha bo'lishini tushunib turibman. Men «Chelsi» kabi buyuk klubda o'ynayapman va barcha derbilarni intizorlik bilan kutyapman».
«Jamoaga yaxshi moslashdim. Murabbiy va boshqa futbolchilar bilan ishlash menga juda yoqadi. Hammasi haqiqatan ham ajoyib. Yigitlarning barchasi zo'r, har kuni birga mashg'ulot o'tkazish — bir zavq».
«Men «Volfsburg», «Kristal Pelas» va Fransiya terma jamoasida ham uchta, ham to'rtta himoyachi bilan o'ynaganman. Shu bois, har ikki taktika ham menga mos keladi».
«Muxlislar uchun asosiy xabarim — bizni ajoyib mavsum kutmoqda. Birgalikda zavqlanishimiz uchun sizlar yonimizda bo'lishingiz kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!