The Athletic xabariga ko'ra, Manchester Siti Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog'liq deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topildi.
Sanksiyalar hali aniqlanmagan, ammo klub allaqachon apellyatsiyaga tayyorlanmoqda. Jarayon bilan tanish bo'lgan anonim manbalarga ko'ra, Siti 115 ta ayblovdan 114 tasida aybdor deb topilgan.
Mumkin bo'lgan sanksiyalar Premer-liga reglamentining W.51 qoidasida nazarda tutilgan. Jazo choralari diapazoni quyidagilarni o'z ichiga oladi: rasmiy ogohlantirishlar, jarimalar, turnir jadvalidan ochkolar olib tashlash va hatto Premer-ligadan chetlatishgacha bo'lgan choralar. Shuningdek, Sitini ba'zi sovrinlardan mahrum qilish ehtimoli ham mavjud.
Chempionlar ligasiga bu ayblovlar va sanksiyalar taalluqli emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!