Manu Kone yaqin kunlarda ta'tildan Rimga qaytib, Gasperini jamoasiga qo'shilishi kutilmoqda. U «jallorossi»ning asosiy o'yinchisi bo'lib qolmoqda va klub 60 million yevrodan past takliflarni ko'rib chiqish niyatida emas.
Biroq, ingliz jurnalisti Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, «Yunayted»da ushbu transfer borasida yakdil fikr yo'q. Skautlar bo'limi rahbari Kristofer Vivell Koneni yarim himoyani kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblaydi, biroq Maykl Kerrik Premer-ligada o'ynash tajribasiga ega yoki Tchuameni kabi nomdorroq futbolchini afzal ko'radi. Xabar qilinishicha, yakuniy qarorni qabul qiluvchi murabbiyning pozitsiyasi «qizil iblislar»ning qiziqishini sovitgan va fransiyalik futbolchining «Roma»da qolish ehtimolini oshirgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!