Manuel Pellegrini «Betis»ning «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Hakamlar juda yomon ishlashdi, birorta ham futbol mezoniga amal qilishmadi. Ular o'yin natijasini to'liq hal qilgan asosiy epizodlarga ta'sir o'tkazishdi.
Bizning golimiz bekor qilindi — ha, u yerda Kuchoning qo'li bor edi, lekin uni «Barselona» o'yinchisi orqasidan itarib yuborgandi.
Hammasini chetlatish hal qildi. Yamal itardi, provokatsiya qildi, yaxshigina tepdi — va yigit tabiiyki javob qaytardi. Futbolni ozgina tushunadigan har qanday hakam ikkalasini ham chaqirib, gaplashib, har biriga sariq kartochka bergan bo'lardi. O'yinchi tajovuzga javob qaytargani uchun uni jazolash mumkin emas. Tajovuz boshqa tomondan bo'lgan edi. O'yin aynan o'sha yerda tugadi. Hisob umuman maydonda bo'lib o'tgan voqealarni aks ettirmaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!