Marca jurnalisti: Peres Nadal orqali klubda o'z ta'sirini saqlab qolmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 17

Marca jurnalisti: Peres Nadal orqali klubda o'z ta'sirini saqlab qolmoqchi

📰 P. Morata (Marca jurnalisti): "Men Rafael Nadalning "Real Madrid" direktorlar kengashiga kirishi shunchaki lavozim olishdan kattaroq maqsadni ko'zlaganiga ishonchim komil. Shu bilan birga, Rafaelning o'zi nima uchun bu qadamga rozi bo'lgani menga unchalik tushunarli emas, axir bu unga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltirishi mumkin.

Florentino Peresga kelsak, nazarimda, u prezidentlik lavozimini tark etganidan keyin ham klubdagi ta'sirini butunlay yo'qotishni istamaydi. Peres o'zining bankiri va o'ng qo'li Anas Lagrarini "Real Madrid" prezidenti lavozimida o'zining vorisi sifatida ko'rishni xohlaydi.

Biroq, Peres marokashlik mutaxassis klubni [rasman] boshqara olmasligini tushunib turibdi. Shu bilan birga, u Lagrari va uning do'sti Bernd Rayxartni klub ichida qoldirib, "Real Madrid"ga tashqaridan ta'sir o'tkazishda davom etishi mumkin. Rayxartni Florentino aynan Lagrarining tavsiyasi bilan Superligani ilgari surish uchun yollagan edi, hozirda esa u "qaymoqranglilar" biznes yo'nalishi rahbari lavozimida ishlamoqda.

Peres Enrike Rikelmening hokimiyatga kelishidan xavotirda va aynan u "Real Madrid"ning navbatdagi prezidenti bo'lishini istamaydi.

Na Lagrari, na Rayxart prezidentlik saylovlarida rasman g'alaba qozona olmasligini inobatga olsak, 79 yoshli funksioner uchun ideal ssenariy — Nadalning saylovdagi g'alabasi. Bunday holda, Lagrari boshqa lavozimda: bosh direktor yoki vitse-prezident sifatida klubni amalda boshqarishi mumkin edi.

Biroq, bu rejani amalga oshirish uchun Nadal "Real Madrid"ning faqat nominal prezidenti bo'lishga rozi bo'lishi kerak. Rafaelni bu rolga tayyormi yoki yo'q, aytish uchun uni yetarlicha yaxshi tanimayman. Qolaversa, uning Rikelme bilan yaqin do'stlik va ishbilarmonlik aloqalari mavjud.

Ishonchim komilki, Rikelme ham Nadalni o'zining direktorlar kengashiga taklif qilishi mumkin edi. Biroq bunday holda, Rafael prezidentlik kreslosiga da'vogarlik qila olmasdi, chunki uni Enrikening o'zi egallagan bo'lardi".

ℹ️ Eslatib o'tamiz, joriy yilning may oyida Peres shunday degandi: "Lagrari men uchun o'g'limdek. Uning tug'ilganini ko'rganman. Otasi men uchun akadek edi. Biroq Anas shunchaki menga yordam bermoqda, chunki u juda aqlli yigit".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!