Mark Kukurelya va Tibo Kurtua "Real Madrid"dagi muhit haqida gapirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 7

Mark Kukurelya va Tibo Kurtua "Real Madrid"dagi muhit haqida gapirdi

Mark Kukurelya o'zining "Real Madrid"ga o'tishi va jamoadagi muhit haqida fikr bildirdi:

"Real Madrid"ga o'tishim ortida ulkan mehnat yotibdi. Oxirgi bir necha yil davomida qilgan barcha harakatlarim o'zini oqladi. So'nggi vaqtlarda boshimdan kechirayotgan voqealardan juda xursandman.
Yangi jamoadoshlarim bilan birga to'p surayotganimdan juda baxtliman. Ular bilan o'ynash juda oson. Kiyinish xonasida yaxshi muhitni saqlab qolish va maydonda jipslashgan jamoa bo'lish muhim. Aynan shu narsa g'alabaga yetaklaydi.
Yangi jamoadoshlarim juda yaxshi insonlar. Ular mening "Madrid"ga moslashuvimni juda osonlashtirishdi. Bizda juda ahil jamoa bor. Umid qilamanki, sovrinlar yutishda davom etamiz.
"Madrid" muxlislari? Ijtimoiy tarmoqlarda ulardan ko'plab qo'llab-quvvatlov xabarlarini oldim. "Madrid" safida har bir daqiqada maydonda bor kuchimni berishga harakat qilaman. O'ylaymanki, barchamiz istaydigan eng muhim narsa – bu sovrinlarni qo'lga kiritishdir.

Tibo Kurtua ham tayyorgarlik jarayoni haqida to'xtalib o'tdi:

Juda jiddiy mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Mavsumoldi yig'inida jamoadoshlarimda katta ishtiyoqni ko'ryapman, chunki barchamiz ajoyib mavsum o'tkazishni istaymiz. Mourinyu maydonda har soniyada diqqatli bo'lishimizni talab qilyapti.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!