🎙️ Martin Edegor «Arsenal»ning «Napoli» ustidan qozongan g'alabasi haqida:
«Har bir safar o'yini Chempionlar ligasida juda og'ir kechadi, ammo nazarimda, biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Biz sabrli bo'lishimiz va o'z golimizni kutishimizga to'g'ri keldi. Ko'plab vaziyatlarni boy berdik, lekin uch ochkoga loyiq edik.
Natijada maqsadimizga erishdik va albatta, gol urganimdan xursandman. Chiroyli gol bo'ldi va endi buni tez-tez takrorlashim kerak».
🎙️ Martin Edegor «Arsenal»ning «Lids» ustidan qozongan irodali g'alabasi haqida:
«Biz qiyin o'yin kutgandik va aynan shunday bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlarimiz bor edi, ammo ulardan foydalanmasangiz, raqib sizni jazolashi mumkin. Biroq o'tkazib yuborilgan goldan so'ng biz ajoyib munosabat bildirdik va o'yin borishini o'zgartira oldik.
Biz o'yinni nazorat qila boshladik va o'zimiz istagandek harakat qildik. Avval hisobni tenglashtirdik, keyin esa Bruno bizga g'alaba keltirgan yana bir ajoyib golni urdi. Uning bunday vaziyatlarda qanchalik yaxshi ekanini bilamiz. Ustiga-ustak, gol oldidan kombinatsiyaning o'zi ham juda chiroyli chiqdi.
Yakunda yaxshi g'alabaga erishdik, ammo bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Hali ko'p narsani yaxshilashimiz kerak, shuning uchun bu o'yindan saboq olish, rivojlanishda davom etish va o'yinimizni mukammallashtirish muhim».
🎙️ Martin Edegor Chempionlar ligasining umumiy bosqichi haqida:
«Bu mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichida kurash qanday rivojlanishini kuzatish qiziq bo'ladi. Oxirgi bir-ikki yil ichida biz yangi formatga ko'nikib qoldik. Barcha kuchli jamoalar yana turnirda ishtirok etmoqda, ammo bosqich yakuniga ko'ra kim jadval cho'qqisida bo'lishi haqida gapirishga hali erta.
O'tgan mavsumda guvohi bo'lganimizdek, har bir turda katta o'yinlar bo'lib o'tmoqda, shuning uchun doimo nimadir sodir bo'lmoqda va bitta natija jamoalarning jadvaldagi o'rniga jiddiy ta'sir qilishi mumkin.
Biz aniq bir narsani bilamiz: har bir o'yin katta ahamiyatga ega, shuning uchun maydonga chiqqan har safar bor kuchimizni berishimiz kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!