Martin Edegor va Devid Rayya «Flitvud Taun» futbolchilari bilan o'zaro hurmat ko'rsatishdi
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Umumiy 👁 23

Martin Edegor va Devid Rayya «Flitvud Taun» futbolchilari bilan o'zaro hurmat ko'rsatishdi

🎙️ «Flitvud Taun» futbolchisi Adam Merfi Off The Ball nashriga bergan intervyusida shunday dedi:

«O'yindan so'ng «Arsenal» futbolchilari o'zlarini juda munosib tutishdi. Bizning bir nechta yigitlar ularning kiyinish xonasi yonida kimdir bizga futbolkasini sovg'a qilarmikin degan umidda kutib turishdi. Edegor chiqib keldi. Biz u yerda bir necha kishi edik, u har birimiz bilan qo'l berib ko'rishib, shunday dedi: «Sizlarga eng ezgu tilaklarimni tilayman. Sizlar bunga loyiqsizlar».
Men kiyinish xonasi yonida turib, aslida kim bo'lsa ham kutayotgan edim. Ularning tarkibi shunchaki aqlbovar qilmas darajada, har qanday o'yinchining futbolkasini olishdan xursand bo'lardim. U yerda Dauman bor edi va yakunda uning futbolkasi menga nasib qildi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!