Martin Edegorning «Bavariya»ga o'tishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Transfer 👁 20

Martin Edegorning «Bavariya»ga o'tishi haqidagi mish-mishlar rad etildi

Martin Edegor kelajakda «Bavariya»ga o'tish imkoniyatini istisno etmayapti. Bu haqda Florian Plettenberg (Sky Sport Germany) xabar bermoqda.

«Arsenal» sardorining shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo'ljallangan. London klubi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor va norvegiyalik futbolchining vakillari bilan dastlabki norasmiy muzokaralarni o'tkazib ulgurdi. Biroq hozircha kelishuvga erishilgani yo'q. Agar Edegor shartnomani uzaytirmasa, «Arsenal» futbolchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun 2027-yil yozida uni sotish masalasini ko'rib chiqishi mumkin.

Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, Edegor Yevropaning yetakchi klublaridan so'rovlar olgan va qachondir «Bavariya» safida to'p surish imkoniyatini inkor etmaydi. Myunxen klubi va futbolchining atrofidagilar o'rtasida o'tgan yillarda bir necha bor aloqalar bo'lgan. Shu bilan birga, ayni damda Edegor «Bavariya»ning transfer maqsadi emas va o'tish bo'yicha hech qanday aniq muzokaralar olib borilmayapti.

Agar qisqa qilib aytganda — Plettenberg shunchaki barmoqdan so'rib yangilik to'qigan. Bayt bo'lmaymiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!