Martin Lowe Neftchi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maqola e'lon qildi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 11

Martin Lowe Neftchi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maqola e'lon qildi

Osiyo futbolini qariyb 10 yildan buyon yoritib kelayotgan britaniyalik futbol jurnalisti Martin Lowe “The Asian Game” nashrida “Neftchi” bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maxsus tahliliy maqola e’lon qildi.

Martin Lowe — Osiyo futboli bo‘yicha ixtisoslashgan mustaqil jurnalist va “The Asian Game” nashrining Senior Contributori. U 2019-yilgi AFC Osiyo Kubogi vaqtida Al Jazeera English telekanali hamda Football Nation Radio orqali futbol muxlislariga tanilgan. Ushbu maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilib, muxlislarimizga taqdim etamiz

ISLOMBEK ISMOILOV — O‘ZBEK FUTBOLINING YANGI QIYOFASI

Martin Lowe | The Asian Game | 13-sentabr, 2026

Chorak asrlik tanaffusdan so‘ng “Neftchi”ning AFC Champions League Elite musobaqasiga qaytishi klub tarixidagi muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni tarixida ilk bor turnirning liga bosqichida ishtirok etmoqda.

Jamoa boshqaruvida esa o‘z rekordini o‘rnatishga tayyor turgan yangi murabbiy — Islombek Ismoilov bor. U turnir tarixidagi eng yosh bosh murabbiy bo‘lish arafasida edi.

Ismoilov bu yutuqni ancha oldindan ko‘zlagan. U dekabr oyida “Neftchi” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan ko‘p o‘tmay, ushbu kelajakdagi rekord haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlarida ulashgan. Kimlargadir qariyb to‘qqiz oy oldindagi natijani nishonlash biroz erta tuyulishi mumkin edi. Ammo Ismoilov uchun bu uning tobora yuqorilab borayotgan murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi bosqich edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!