Massimiliano Allegri "Fiorentina"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida:
"Agar bugun durangdan qoniqib maydonni tark etadigan bo'lsak, demak ishlarimiz unchalik yaxshi emas. Biz g'azablanishimiz kerak. Yaxshi "Fiorentina"ga qarshi ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Garchi himoyadagi o'yinimizni yaxshilayotgan bo'lsak-da, ba'zida qiyin vaziyatlarda jarima maydonchasi ichida aniqlik va qat'iyat yetishmayapti."
"Vergara zaxira o'rindig'idami? U bizga yordam berishi mumkin edi, lekin fikrimdan qaytdim. Besh daqiqa qolganida Angissani maydonga tushirdim, uning esa endi boshqa jarohati, ya'ni chov qismida muammosi borga o'xshaydi."
Tanaffus oldidan bahoyimiz qanday? Ochkolar borasida, so'nggi ikki o'yinda uyda uch ochko va safarda bir ochko jamg'ardik. Natija ko'p jihatdan o'yinimizni belgilab beradi. Milanda yaxshi o'ynab yutqazdik, shuningdek "Komo"ga qarshi ham yaxshi harakat qildik. Qilgan ishlarimiz turnir jadvalida ko'tarilish uchun yetarli emas. Tanaffusdan keyin barchamiz, eng avvalo men, yaxshiroq harakat qilishimiz kerak."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!