Massimiliano Allegri: "Men OAVda "Yuventus"ni o'lik jamoa deb hisoblashayotganini o'qidim. Ammo bu haqiqat emas: "Yuventus" shunchaki o'lib qolmaydi. Bunday vaziyatlarda jamoalar yanada g'azabli va jipslashgan bo'ladi.
Men Turinda 10 yil o'tkazdim — bu faoliyatimning 50 foizi. U yerda hamon o'g'illarimdan biri yashaydi. Bu ajoyib o'yin, jadvalda ortda qolayotgan ikki jamoaning to'g'ridan-to'g'ri to'qnashuvi bo'ladi. "Yuventus"da kuchli to'rtlikda yakunlash uchun barcha imkoniyatlar bor. Bizni yarador va g'azablangan "Yuventus" kutmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!