Massimiliano Allegri «Portu»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi matbuot anjumanida:
🔘 «Napoli» uchun qorong'u sahifa... Muxlislarga nima demoqchisiz?
«Shubhasiz, bu mavsumdagi murakkab palladir. Chempionatda ortda qolyapmiz, Chempionlar ligasida esa to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'ldik. Ishlashda davom etish kerak. Jamoa 70 daqiqa davomida yaxshi o'ynadi, ammo kadrlar resursimiz yetishmayapti. Chempionlar ligasida o'yin taqdiri ko'pincha so'nggi yigirma daqiqada hal bo'ladi. 1:4 hisobidagi mag'lubiyat — barchamiz uchun og'ir zarba. Biroq, vaziyatga real qarash kerak — hamma biz qanday ahvolda ekanligimizni juda yaxshi tushunib turibdi. Buni «qorong'u sahifa» deb atash yoki o'yinchilarni ayblash ma'nosiz. Biz shunchaki astoydil ishlashimiz va xotirjamlikni saqlashimiz kerak, yigitlar kuchlari yetguncha maydonda ko'rsatgan shijoatni namoyish etishda davom etishimiz lozim.
«Latsio» bilan o'yindan keyin tanaffus bo'ladi, ba'zi o'yinchilar qaytishadi, keyin ko'ramiz. Mening xarakterim va uslubim — aybni futbolchilar zimmasiga yuklamaslikdir.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!