Massimiliano Allegri Genuyadagi yangi chempionatning dastlabki o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
🔘 Murabbiylik faoliyatingizning 23-yilida ham chempionat oldidan ishtiyoqingiz balandmi? Jamoa bilan muloqotdan qanday hislar tuyyapsiz?
Hayajon har doim bor. Yangi mavsum boshlanmoqda, ustiga-ustak bunday muhim va ishtiyoqqa to'la klubda birinchi o'yin oldidan hayajonlanish tabiiy. Men jamoa bilan bir oy birgaman va biz nimalarga qodir ekanligimizni ko'rish juda qiziq. Bu o'z uyida ajoyib o'ynaydigan, pressing qiladigan va texnik jihatdan kuchli raqibga qarshi juda qiyin bahs bo'ladi. Jiddiy o'yin kutib turibdi.
🔘 Taktik qarashlaringiz qanday? Bu «Napoli» moslashuvchan bo'ladimi yoki o'z yo'lida qat'iy turadimi?
Menda ushbu jamoada ishlashga tayyor futbolchilar borligi, tarkib kuchli ekanligi haqida taassurot qoldi. Men Konte tomonidan yaxshi tayyorlangan, shakllangan jamoani qabul qilib oldim. Bu katta ustunlik. Ularda turli xil sifatlarning ajoyib uyg'unligi bor va biz o'yin davomida ham sxemalarni o'zgartirib, turlicha o'ynay olamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!